Бош саҳифаДолзарбO‘zbekistonda meva-sabzavot yetishtirishning mamlakat ekologik holatiga ta’siri haqida 5 ta fakt
ДолзарбМахсусЯнгиликлар

O‘zbekistonda meva-sabzavot yetishtirishning mamlakat ekologik holatiga ta’siri haqida 5 ta fakt

2025–2026 yillarda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari jamoasi tomonidan O‘zbekistonning meva-sabzavotchilik sektorida LCA (Life Cycle Assessment) — mahsulotning hayotiy siklini baholash bo‘yicha global tadqiqot o‘tkazildi. Hisob-kitoblar natijasida meva va sabzavot yetishtirishning turli tizimlari atrof-muhitga turlicha darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Mazkur tadqiqotning zarurati shundan kelib chiqadiki, bugungi kunda O‘zbekistonning meva-sabzavotchilik sektori bir vaqtning o‘zida uchta muhim muammo bilan yuzlashmoqda: suv resurslari tanqisligi, yerlarning degradatsiyasi hamda Parij kelishuvi doirasida mamlakatning milliy darajada belgilangan majburiyatlarini (NDC) bajarish zarurati.

Loyiha natijalari asosida ekspertlar bir nechta muhim xulosalarni ta’kidladilar:

1. O‘zbekistonda issiqxonalarda ko‘mir bilan isitish orqali 1 tonna qulupnay yetishtirish taxminan 19,2 tonna CO₂ miqdorida uglerod izini hosil qiladi. Bu ko‘rsatkich 7,6 tonna ko‘mirni yoqishdan hosil bo‘ladigan emissiyalar bilan taqqoslanadi.

2. Yer osti tomchilatib sug‘orish/ferтиgatsiya tizimi va energiya ta’minoti uchun quyosh panellari bilan jihozlangan intensiv gilos bog‘i iqlim uchun muhim ijobiy aktiv hisoblanadi. Bunday tizimda 1 tonna mahsulotga nisbatan –172 kg CO₂ miqdorida manfiy uglerod izi qayd etilgan.

3. O‘rta-kech pishadigan tarvuz yetishtirishda jo‘yak (ariqcha) sug‘orishdan oddiy tomchilatib sug‘orishga o‘tish uglerod izini kamaytirmaydi. Buning sababi hosildorlikning sezilarli darajada oshmasligi va sug‘orish uchun energiya sarfining ko‘payishidir. Bu esa kompleks yondashuv (tomchilatib sug‘orish + qayta tiklanuvchi energiya manbalari) zarurligini ko‘rsatadi.

4. An’anaviy jo‘yak sug‘orish tizimida eutrofikatsiya potensiali eng yuqori ko‘rsatkichni gilos (18,5 kg PO₄³⁻ ekv./t) va ochiq maydonda yetishtiriladigan qulupnayda (27,9 kg PO₄³⁻ ekv./t) namoyon etadi. Bu oziqa moddalarining suv havzalariga oqib tushishi bilan bog‘liq.

5. Issiqxonalarda gidroponika hosildorlikni oshirishiga qaramay, asosiy muammoni — issiqxonalarni isitish natijasida yuzaga keladigan emissiyalarni — hal etmaydi. Bundan tashqari, ishlatiladigan substratlar va maxsus uskunalar (jumladan ko‘p qavatli gidroponik stendlar va konstruksiyalar) ham sezilarli uglerod iziga ega bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotning to‘liq natijalari O‘zbekistonning tegishli davlat organlariga taqdim etiladi. Ushbu ma’lumotlar mamlakatda meva-sabzavot ishlab chiqarish kengayib borayotgan sharoitda uning ekologik ta’sirini kamaytirishga qaratilgan kelajakdagi siyosiy va amaliy choralarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi kutilmoqda

EastFruit

Ушбу сайтдаги мақолаларни бошқа манбаларда чоп этиш ва улардан бошқа шаклларда фойдаланишга фақат мазкур материалга тўғридан-тўғри ва қидирув тизимлари учун очиқ бўлган гиперҳавола берилсагина рухсат этилади.

Facebook ва Telegram да мева-сабзавот бозорининг асосий янгиликлари ва таҳлиллар – Обуна бўлинг!

Бу сизга ҳам қизиқ бўлиши мумкин

FAO O‘zbekiston meva-sabzavot sektorining ekologik izini baholadi: qaysi texnologiyalar suv va uglerod yo‘qotishlarini keskin kamaytirishi mumkin

EastFruit

Iqlim o‘zgarishiga mos seleksiyani rivojlantirish uchun Yevropa Ittifoqi 17 600 ta pomidor namunasi bo‘yicha ochiq genetik bazani ishga tushirdi

EastFruit

Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари Малайзия импортёрларида қизиқиш уйғотмоқда

EastFruit

Шарҳлар қолдиришингиз мумкин

This website uses “cookies” to improve your experience. You can instruct your browser to refuse all cookies or to indicate when a cookie is being sent. Accept Read More