Бош саҳифаДолзарбIqlim o‘zgarishiga mos seleksiyani rivojlantirish uchun Yevropa Ittifoqi 17 600 ta pomidor namunasi bo‘yicha ochiq genetik bazani ishga tushirdi
ДолзарбМахсусМева-сабзавот бизнесиТехнологиялар

Iqlim o‘zgarishiga mos seleksiyani rivojlantirish uchun Yevropa Ittifoqi 17 600 ta pomidor namunasi bo‘yicha ochiq genetik bazani ishga tushirdi

Yevropa Ittifoqida agronomik belgilar barqarorligi va genetik o‘zgaruvchanlikni o‘rganish maqsadida 226 ta an’anaviy pomidor navidan iborat ko‘p funksiyali kolleksiya shakllantirildi, deb xabar beradi EastFruit SEEDS’ga tayanib.

Tadqiqotlar davomida olimlar hosildorlik, belgilar barqarorligi hamda ularning atrof-muhit sharoitlariga reaksiyasi bilan bog‘liq 141 ta miqdoriy belgi lokusini (QTL) aniqladilar.

Loyiha natijasida genetik, fenotipik va metabolom ma’lumotlarni birlashtiruvchi HarnesstomDB nomli ochiq ma’lumotlar bazasi yaratildi. Platforma 17,6 mingdan ortiq pomidor namunasi, 127 mingdan ziyod genetik marker hamda meva sifatiga oid yuzlab ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga loyiha doirasida fermerlar, ekspertlar va iste’molchilar ishtirokida degustatsiyalar ham o‘tkazilmoqda — pomidorlarning ta’m xususiyatlarini baholash jarayoniga allaqachon 3 mingdan ortiq ishtirokchi jalb qilingan.

Platforma jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, seleksiya dasturlarini qo‘llab-quvvatlash hamda iqlim o‘zgarishiga moslashgan pomidor navlarini yaratishga xizmat qiladi. Pomidorlar bazasi Yevropa Ittifoqining Horizon dasturi doirasida amalga oshirilgan HARNESSTOM xalqaro ilmiy loyihasi doirasida yaratilgan.

EastFruit

Ушбу сайтдаги мақолаларни бошқа манбаларда чоп этиш ва улардан бошқа шаклларда фойдаланишга фақат мазкур материалга тўғридан-тўғри ва қидирув тизимлари учун очиқ бўлган гиперҳавола берилсагина рухсат этилади.

Facebook ва Telegram да мева-сабзавот бозорининг асосий янгиликлари ва таҳлиллар – Обуна бўлинг!

Бу сизга ҳам қизиқ бўлиши мумкин

FAO O‘zbekiston meva-sabzavot sektorining ekologik izini baholadi: qaysi texnologiyalar suv va uglerod yo‘qotishlarini keskin kamaytirishi mumkin

EastFruit

Шарҳлар қолдиришингиз мумкин

This website uses “cookies” to improve your experience. You can instruct your browser to refuse all cookies or to indicate when a cookie is being sent. Accept Read More